"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Irlandiya termasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Omonjon To`xtamirzayev
28 fev 2024, 20:00
Irlandiya futbol assotsiatsiyasi Jon O'Shi mamlakat milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanganini ma'lum qildi.
Mutaxassis mart oyidagi ikki o'rtoqlik uchrashuvi Belgiya va Shveytsariyaga qarshi bahslardat termani boshqarib turadi. Unga Peddi Makkarti yordam beradi.
Doimiy bosh murabbiy nomi esa aprel oyida e'lon qilinadi.