"Manchester Yunayted" sobiq darvozaboni faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2022, 10:31
Angliya terma jamoasi va MYU sobiq posboni Ben Foster ijtimoiy tarmoq orqali faoliyatini tugatganini ma'lum qildi.

39 yoshli darvozabonning so'nggi klubi "Uotford" bo'lgan edi.

Foster faoliyati davomida uch marta Angliya Liga Kubogini yutgan: ikki marta “Manchester Yunayted” va bir marta “Birmingem” bilan.

Angliya terma jamoasi tarkibida u 8 ta o'yin o'tkazib, 2014 yilgi Jahon chempionatiga yo'l olgan  va u yerda Kosta-Rika bilan o'yinda (0:0) maydonga tushgan.

So'nggi paytlarda u o'zining YouTube kanalini faol rivojlantirib kelayotgandi. Kanal 1 milliondan ortiq obunachiga ega.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic