"Manchester Yunayted" skautlari 20 yoshli braziliyalik vingerni kuzatishmoqda

Tolibjon Qosimov
23 noya 2017, 20:04
"Manchester Yunayted" klubi "Bordo" vingeri Malkomni xarid qilish haqida bosh qotirmoqda.

"Mirror"ning ma'lumotlariga ko'ra, mankunianliklar 20 yoshli braziliyalikning o'yinini kuzatish uchun skautlarni jo'natishgan. Yosh futbolchiga qishki transfer oynasi nishoni sifatida qaralmoqda. Ehtimoliy transferning summasi noma'lum.

Malkom oldinroq Italiya va Angliya klublari e'tiborini ham tortgan. 20 yoshli vinger joriy mavsum Liga 1da 13 uchrashuvda 5ta gol urdi va 4ta golli pas oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mirror.co.uk