"Manchester Yunayted" Sancho bo'yicha oxirgi "yurish"ni amalga oshiradi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2020, 22:55
Bu haqda Daily Mirror xabar tarqatdi.

Xabarga ko'ra, "qizil iblislar" xo'jayinlari 20 yoshli inglizning transferi uchun 90 million funt to'lashga tayyorlar, ushbu summaning 15 millioni bonuslar shaklida to'lanadi.

Ed Vudvord qatiy talab qo'ydi va bu muhokama qilinmaydi. Agar "Borussiya" bu taklifni rad etsa, kelishuv amalga oshmaydi hamda "Manchester Yunayted" muzokaralarni to'xtatadi.

Eslatib o'tamiz, "mankunianlar" Jeydon Sancho bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgan, unga ko'ra futbolchi haftasiga 175 ming funt oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mirror