“Manchester Yunayted” rekord summaga “Benfika”dan hujumchi olmoqchi

Alisher
10 may 2023, 08:37
“Manchester Yunayted” “Benfika” hujumchisi Gonsalu Ramushni sotib olishni o'ylamoqda.

 “Qizil iblislar” hali ham Tottenxem sardori bilan shartnoma imzolash niyatida. Agar ushbu kelishuv amalga oshmasa, ular bor e'tiborlarini aynan portugaliyalik hujumchiga qaratadilar. 21 yoshli futbolchi MYU tarixidagi eng qimmat transfer bo'lishi mumkin. Chunki Portugaliya jamoasi hujumchisini 115 million evrodan kamiga sotish niyatida emasligini ma'lum qildi. 

Ma'lumot uchun, Gonsalu Ramush ushbu mavsumda Portugaliya chempionatida 27 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 17 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com