"Manchester Yunayted" rekord daromad olganini e'lon qildi

Aziz Tukhtamuradov
27 okt 2023, 08:59
"Manchester Yunayted" so'nggi yilda 648,4 million funt (783,5 million dollar) miqdorida daromad olganini ma'lum qildi.

Bu Angliya premer-ligasi uchun rekord hisoblanadi. 

Daromad o'tgan yilgi bilan taqqoslaganda 11 foizga o'sgan. Jamoa YCHLda emas, Yevropa ligasida qatnashgan bo'lsa ham yaxshi foyda qila olgan. Klub shuningdek 42,1 million funt (50,9 million dollar) zararni ham ma'lum qilgan.

Klubda futbolchilarga to'lanadigan maoshlar ham kamaygan. Jamoa YCHLga chiqmagani uchun maoshlar kamaygan. Shuningdek Krishtianu Ronalduning ketishi ham pulni iqtisod qilinishiga yordam bergan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: manutd.com