"Manchester Yunayted" "Real" forvardini nishonga oldi

Alisher
23 noya 2021
"Real" forvardi Vinisius Juniorga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

"Qizil iblislar" o'yinchiga "qirollik klubi"dagidan ko'ra yaxshiroq taklif qilgan holda, u uchun kurashishga tayyor.

Madrid klubi ham o'yinchini qo'yib yuborishi qiyin masala, uning shartnomasi yana 2,5 yilga mo'ljallangan. Bundan tashqari, ispaniyaliklar u bilan yangi shartnoma imzolashga va tovon pulini 1 milliard evro etib belgilashga tayyor.

21 yoshli hujumchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: El Nacional