“Manchester Yunayted” “Real” yetakchisiga 130 million evro berishga tayyor

Khoja
17 yanv 2024, 08:39
“Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior yozda jamoani tark etishi mumkin.

Metro nashrining ma'lum qilishicha, braziliyalik futbolchiga “Manchester Yunayted”dan qattiq qiziqish bo'lmoqda. “Qizil iblislar” hujumchi uchun Madrid jamoasiga 130 million evro to'lab berishga tayyor. Biroq braziliyalik Mbappening jamoaga kelgan taqdirdagina Madrid jamoasini tark etmoqchi.

23 yoshli futbolchi joriy mavsum 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etgan. Uning “Qirollik” klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Metro