"Manchester Yunayted" Rashfordning maoshini ikki baravarga oshirmoqchi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2019
"Manchester Yunayted" rahbariyati hujumchi Markus Rashford bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar o'tkazmoqda.

Futbolchining "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yozida yakuniga etadi va uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor, biroq klub Rashford bilan uzoq muddatli bitim imzolamoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" Rashfordning maoshini ikki baravar oshirmoqchi. Yangi bitim bo'yicha uning haftalik maoshi 150 ming evro bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph