"Manchester Yunayted" rahbariyati Marsyalni qo'yib yuborishni istamayapti

Mirjalol Normatov
24 iyul 2018, 15:05
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo yarim himoyachi Antoni Marsyalni jamoadan ketkazib yubormoqchi.

ESPN xabariga ko'ra, jamoa rahbariyati futbolchining sotilishiga qarshi chiqmoqda. Futbolchining o'zi esa doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun jamoada kurashishga ham, boshqa klub safiga o'tishga ham tayyor.

Mish-mishlarga ko'ra, fransiyalik jamoadan ketadigan bo'lsa, uning yangi klubi "Yuventus" bo'lishi mumkin.

O'tgan mavsumda Marsyal 45 uchrashuvda qatnashdi va 11 gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN