"Manchester Yunayted" Pogbani sotib yuborishga tayyor

Mirjalol Normatov
11 yanv 2021, 23:19
"Manchester Yunayted"dagilar yarim himoyachi Pol Pogbaning transfer narxi borasida bir qarorga keldi.

"Express" xabariga ko'ra, mankunianliklar 27 yoshli futbolchini 75 mln funtga sotib yuborishga tayyor turibdi. Unga PSJ, "Yuventus" hamda "Real" kabi klublardan qiziqishlar bo'lmoqda.

Pogba 2016 yilda MYUga o'tgandi. U ushbu mavsumda 21 o'yinda 2 gol va 3 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express