"Manchester Yunayted" Pogba bilan xayrlashishga tayyor

Sherzod Nurmatov
28 okt 2021
"Manchester Yunayted" fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogbani tekinga qo'yib yuborishga yaqin.

Manbaga ko'ra, Angliya klubi rahbariyati futbolchi 2022 yilning yozida tugaydigan shartnoma muddatini uzaytirmaydi deb hisoblamoqda. Xavbekka "Real", "Barselona", "Yuventus" va PSJdan qiziqish bo'lmoqda.

28 yoshli Pogba ushbu mavsumda MYU safida 12 o'yinda qatnashib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN