"Manchester Yunayted" Pelistrini ortga qaytarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
9 okt 2021
MYU ijaraga berilgan hujumchi Fakundo Pelistrini muddatidan oldin o'z tarkibiga qaytarish haqida o'ylamoqda.

Xabarga ko'ra, "qizil iblislar" "Alaves" futbolchisini o'yin amaliyoti kamligi sababli chaqirib olishi mumkin.

Klublar o'rtasida tuzilgan ijara shartnomasida 19 yoshli urugvaylik futbolchi kamida 1000 daqiqa maydonda bo'lishi kerakligi ko'rsatilgan.

Pelistri bilan bog'liq vaziyatni Belgiyaning "Bryugge" klubi kuzatib bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com