"Manchester Yunayted" o'z vakilini Barselonaga jo'natib yubordi

Mirjalol Normatov
2 avg 2018, 19:03
"Barselona" himoyachisi Yerri Mina faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

Mankunianliklar "Lester" himoyachisi Garri Maguayrdan umidini uzdi va endi "Barselona" himoyachisi tomon yuzlanmoqdalar.

"Telegraph" nashri jurnalisti Alan Niksonning xabariga ko'ra, MYUda muzokara o'tkazuvchi mutaxassis Mett Jaj Minaning transfer ishlarini yakunlash uchun Barselonaga uchib ketgan.

Jaj u yerda "Barselona" futbolchisining agenti va klubi rahbarlari bilan muzokaralar olib boradi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Minaning transferi 35 mln evro bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Telegraph