

Neapolliklar nigeriyalik hujumchi uchun kamida 150 million evro talab qilmoqda.
"Qizil iblislar" Osimxen uchun 100 million evrogacha berishga tayyor.
24 yoshli hujumchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol urishga erishdi. U o'z ligasidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Transfermarkt futbolchini 70 million evroga baholamoqda.



