"Manchester Yunayted" Osimxen uchun kurashda "Chelsi"ni ortda qoldirmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
21 apr 2023
"Manchester Yunayted" "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen transferi uchun bo'ladigan poygada "Chelsi"ni ortda qoldirishni niyat qilgan, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Manchesterliklarda bu kurashda ustunlik bo'lishi mumkin. Sababi MYU yangi mavsumda evrokuboklarda ishtirok etadi, "aristokratlar" esa katta ehtimol bilan xalqaro arenaga chiqa olishmaydi. Neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis futbolchisini 150 mln evro atrofidagi summaga sotishni mo'ljallab turibdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport