"Manchester Yunayted" Osimxen uchun 100 mln evro to'lamoqchi emas

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2023, 16:02
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida, deya xabar berdi "Sky Sport Deutschland".

Biroq ingliz klubi rahbariyati 24 yoshli hujumchi uchun neapolliklar talab qilayotgan 100 million evroni to'lashga tayyor emas. Shu bois, klub jamoani kuchaytirish uchun arzonroq variantlarni izlaydi.

Osimxen "Napoli"da 2020 yildan buyon to'p tepadi. Uning kelishuvi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

U joriy mavsum A Seriya klubi safida 19 ta o'yinda harakatlanib, 14 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland