

"Qizil iblislar" 28 yoshli afrikalikni Saudiya Arabistoniga sotishga tayyor. Ingliz grandi rahbariyati Onananing o'rniga Fransiyaning "Lill" klubidan Lyuka Shevale nomzodini ko'rib chiqmoqda. Uning transfer narxi 47 million evroga baholanmoqda.
Onana joriy mavsum 40 ta o'yinda ishtirok etib, to'qqiztasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan bo'lib, bozor qiymati 32 million evroga baholanmoqda.


