"Manchester Yunayted" oktyabrdan fevral oyigacha agentlarga 10 mln. funtdan ortiq pul to'lagan

Aslanov Jasurbek
23 apr 2016, 10:32
Ingliz Premer-ligasi klublari orasida "Manchester Yunayted" agentlarga qolganlardan ko'proq pul to'lagan.

1 oktyabrdan 1 fevralgacha mankunianlar agentlar xizmati uchun 10,02 mln. funt to'lagan. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni "Liverpul" (6,6 mln. funt) hamda "Manchester Siti" (5,8 mln. funt) egallagan.

Ayni damda Angliya chempionati yetakchisi bo'lib turgan "Lester" agentlar hisobiga 0,9 mln. funt o'tkazib bergan. ALPning eng kam pul sarflagan jamoasi "Everton" bo'ldi (0,4 mln. funt). Ko'rsatilgan muddat ichida Premer-liga klublari agentlarga 46,5 mln. funt to'lagan.

Daily Mail ma'lumotlariga ko'ra, "Manchester Yunayted" 2014 yilning oktyabridan 2016 yilning fevraligacha agentlarga 23,9 mln. funt sarflagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph