"Manchester Yunayted" "Napoli"ga Ronalduni taklif qildi

Mirjalol Normatov
27 avg 2022, 13:50
"Manchester Yunayted" va "Napoli" o'zaro futbolchi almashishi mumkin.

"Corriere della Sera" xabariga ko'ra, ingliz klubi Osimxen borasida 100 million evrolik taklif jo'natishga tayyor. Shuningdek, mankunianliklar "Napoli"ga o'tgan taqdirda Ronalduning 85 foiz maoshini to'lashini ma'lum qilgan. O'z navbatida "Napoli" prezidenti Aurelio de Laurentis hujumchining agenti Jorje Mendesh bilan suhbatni davom ettirmoqda.

"Napoli"ning o'zi esa Ronalduning transferidan tashqari Osimxenning ketishidan 130 million evro ishlab olishni istamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere della Sera