Manchester Yunayted" Milinkovich-Savichga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
17 apr 2022, 19:51
MYU rahbariyati "Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich bilan muzokaralarni boshlamoqchi.

Manbaga ko'ra, shartnoma muddati tugashi sababli mavsum oxirida jamoani tark etishi kutilayotgan Pol Pogba o'rniga Serbiya terma jamoasi futbolchisi olib kelinishi rejalashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" rahbariyati kelasi haftada Milinkovich-Savich vakillari bilan uchrashmoqchi.

27 yoshli futbolchi joriy mavsumda A Seriyaning 32 ta o'yinida maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport