"Manchester Yunayted" Marsyalni sotib yubormoqchi, o'rniga variantlar bor

Mirjalol Normatov
14 mar 2021, 12:32
"Manchester Yunayted" rahbariyati forvard Antoni Marsyalning ketishiga tayyorlanmoqda.

"Transfer News Central" nashri xabariga ko'ra, mankunianliklar uning o'rniga ikki variantni ko'rib chiqmoqda. Gap Erling Xoland ("Borussiya" D) va Xarri Keyn ("Tottenxem") haqida ketmoqda. Nashrning yozishicha, Xoland bilan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning o'zi gaplashib turibdi. Keynning narxi esa juda yuqori.

Marsyal 2015 yildan buyon MYU tarkibida harakat qilmoqda. Ayni damda jamoa 2-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror