"Manchester Yunayted" markaziy himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
8 okt 2018, 20:05
"Manchester Yunayted" matbuot xizmati o'z tvitterida markaziy himoyachi Itan Lerd bilan shartnoma imzolanganini rasman ma'lum qildi.

17 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted"ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi ilk marta professional shartnomaga imzo chekdi.

"Orzular ushaldi. Men endi katta futbolga qadam qo'ymoqdaman", - dedi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/manutd