

Bu haqda Fabricio Romano ma'lumot bermoqda. 32 yoshli fulbekning klub bilan kelishuvi ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi.
So'nggi kunlar davomida klub va futbolchi o'rtasida uchrashuvlar ko'paygan. Tomonlar sharoitlarning navbatdagi bosqichini kelishishlari kerak.
Klub rahbariyati Maguayrning jamoadagi yetakchilik hususiyati va hissasidan mamnun bo'lmoqda.
Maguayr 2019 yilda mankunianliklar tarkibiga kelib qo'shilgan va shu davrdan buyon 253 o'yinda qatnashib, 16 gol va 9 assist qayd etgan.



