"Manchester Yunayted" Lingardni "Vest Xem"ga qo'yib yubormoqchi emas

Оқил Абдубарноев
3 yanv 2022, 20:26
"Manchester Yunayted" qishki transferlar vaqtida yarim himoyachi Jessi Lingardni boshqa jamoaga sotishni rejalashtirmayapti.

Manbaga ko'ra, futbolchiga "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda, biroq "Manchester Yunayted" Angliya chempionati turnir jadvalida kuchli to'rtlikdan joy olish uchun futbolchini ashaddiy raqibiga sotmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli yarim himoyachi 2021 yilning yanvaridan iyunigacha ijara asosida "bolg'achilar" tarkibida o'ynagan. Jamoa tarkibida u 16 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Mirror