

"TEAMtalk"ning xabar berishicha, klub ichida gruziyalik futbolchining o'yinidagi ayrim jihatlardan norozilik bor, chunki asosiy tarkibdagi bir necha o'yinchi uni maydonda haddan tashqari egoist deb hisoblaydi.
Bu holatlar klubni futbolchini sotishga undashi mumkin. Biroq "qizil iblislar" uchun asosiy to'siq - transfer summasi.
PSJ uni "Napoli"dan sotib olishga sarflagan 60 million funtidan ko'proq summaga sotib, foyda olishga harakat qiladi. Bu esa "Manchester Yunayted"ning yozgi byudjetiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin, ayniqsa, ular yarim himoyani qayta qurishni rejalashtirayotganini hisobga olganda.
Qayd etish joiz, Kvaratsxeliyaga "Manchester Yunayted"dan tashqari "Arsenal" va "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda. Bu esa yozda Yevropaning eng yaxshi vingerlaridan biri uchun qattiq kurash kechishidan dalolat beradi.



