"Manchester Yunayted" Kuboning oyligini etti baravar oshirishga tayyor

Nozimov Nig'monxo'ja
25 dek 2023, 10:01
"Real Sosedad" hujumchisi Takefusa Kubo faoliyatini Manchestyerda davom ettirishi mumkin.

22 yoshli futbolchiga “Manchester Yunayted” jiddiy tarzda qiziqishi bildirmoqda. “Qizil iblislar” yaponiyalik hujumchining hozirgi oyligidan etti baravar ko'p to'lashga tayyor ekanligini ma'lum qilishgan.

Kuboning ispan jamoasi bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan. Hujumchi joriy mavsum 6 ta gol va 4 ta golga assist qayd etgan. Transfermarkt hujumchini 50 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com