"Manchester Yunayted" Kazemiro o'rniga "Kristal Pelas" a'zosini olib kelmoqchi

Sherzod Nurmatov
15 sen 2025, 16:37
"Manchester Yunayted" 33 yoshli Kazemiro o'rniga "Kristal Pelas"ning 21 yoshli yarim himoyachisi Adam Uortonni o'rinbosar sifatida ko'rib chiqmoqda.

Futbolchiga qiziqish yozgi transfer oynasi oxirida paydo bo'lgan, biroq o'shanda "burgutlar" uni 100 mln funtga (taxminan 116 mln evro) baholagan. Qishda narx 60 mln funtga (taxminan 69,6 mln evro) tushishi kutilmoqda.

2024 yil fevral oyida "Kristal Pelas" safiga qo'shilganidan beri Uorton barcha musobaqalarda 49 o'yinda maydonga tushdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports