"Manchester Yunayted" Grilishni katta maosh bilan o'z tarkibiga jalb qilmoqchi

Alisher
21 apr 2020, 11:50
"Manchester Yunayted" "Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilishga jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "qizil iblislar" Grilishga haftasiga 150 ming funt maosh to'lashga tayyorlar.

Bu mablag' Jekning "Aston Villa"da olayotgan maoshidan uch baravar ko'p deganidir.

Qayd etish kerakki, Grilishning "Manchester Yunayted"ga transferi taxminan 60 million funtni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: thesun.co.uk