"Manchester Yunayted" Dibala uchun 85 mln. evro taklif qildi

Aslanov Jasurbek
10 may 2019, 10:30
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, forvardning Turin klubi yetakchisi Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlari yaxshi emas, klub esa futbolchini sotishga tayyor. "Qizil iblislar" argentinalik uchun 85 mln. evro taklif qildi.

Bir oy oldin "Real" 75 mln. evro taklif qilgandi, ammo Turin klubi rad javobini bergan. Madridliklar taklifni takrorlamasligi mumkin, chunki ular bor e'tiborini "Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azarga qaratishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Don Balon