"Manchester Yunayted" darvozaboni uchun top-jamoalar kurashmoqda

Mirjalol Normatov
6 fev 2019
"Bavariya" va "Yuventus" "Manchester Yunayted" darvozaboni Din Xendersonning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

ESPN xabariga ko'ra, Germaniya va Italiya jamoalari bir necha mavsumlardan buyon golkiperni kuzatib borishmoqda. Uning transferi yozda amalga oshishi mumkin.

21 yoshli Din "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hozirda u ijara asosida "Sheffild Yunayted" darvozasini ko'riqlamoqda. U bu mavsumda 30 o'yinda 31 gol o'tkazib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN