"Manchester Yunayted" Beyl borasida "Real" bilan muzokaralarni boshladi

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2017, 15:49
"Manchester Yunayted" "Real" bilan Garet Beyl borasida muzokaralarni boshladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi futbolchi borasida takliflarni eshitishga tayyor. Beyl ham "Manchester Yunayted"ga o'tishga qarshi emas.

Madridliklar Beylni sotishga tayyor bo'lishiga qaramasdan, futbolchining transferi mankunianlar uchun juda qimmatga tushishi mumkin. Transfer 100 mln. funtga baholanmoqda. Shu bilan birga "Real" David de Xeani xarid qilish imkoniyatidan foydalanib qoladi.

Beyl 2013 yil "Tottenxem"dan "Real"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Independent