"Manchester Yunayted" "Ayaks" futbolchisi bilan shartnoma imzolashiga ishonmoqda

Alisher
10 iyun 2022, 18:24
"Manchester Yunayted" Amstyerdamning "Ayaks" klubi hujumchisi Antoni bilan bitim tuzishga ishonchi komil.

22 yoshli Antoni 2020 yilning iyulida Niderlandiya klubi o'yinchisiga aylandi. 

Braziliyalik futbolchi 2021/22 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 10ta assist qayd etdi.

Antoni va "Ayaks" o'rtasidagi kelishuv 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal