"Manchester Yunayted" Arauxoga "Barselona"ga qaraganda ikki barobar ko'p maosh taklif qildi

Alisher
25 mar 2022, 11:52
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo yozda "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin.

Angliya klubi o'yinchiga yiliga 10 million evro maosh taklif qildi.

"Barsa" futbolchiga faqatgina 5 million evro to'lashga tayyor. Shunday ekan, himoyachining Kataloniya klubida qolishi qiyin masala va u faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Arauxoning amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN