"Manchester Yunayted" Van Persi familiyasi xato yozilgan futbolkalarni sotgan

Aslanov Jasurbek
10 sen 2014, 17:06
"Manchester Yunayted"ning rasmiy do'koni jamoa hujumchisi Robin van Persi familiyasi xato tushirilgan futbolkalarni sotgan.

Futbolka orqasiga "Van Persi" nomining o'rniga "Van Peris" familiyasi qo'yilgan. Oldinroq Radamel Falkao futbolkalari ham xato yozuv bilan sotilgan ma'lum qilingan edi. Bunday xato "Nyukasl" futbolkalarida ham ro'y bergan. "Oq-qoralar" do'koni  klub belgisi suratida "Fulxem" yozuvi tushirilgan sport kiyimlarini sotgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com