Ander ERRERA (24 yil, yarim himoyachilar, "Atletik")
Taxminiy transfer narxi – 30 million funt
Qobiliyatli baskni "MYU" avgust oyidayoq sotib olmoqchi bo'lgandi, ammo barchasi hal bo'lgan bir vaqtda transfer oynasining so'nggi kunida barchasi barbod bo'lgandi. Errera 2012 yil mart oyida "Atletik" safida "Yunayted"ni Yevropa ligasidan chiqarib yuborganda nazarga tushgandi.
Devid Moyes jamoasiga ayni paytda yaxshi yarim himoyachi juda zarur. Maykl Kerrik 32 yoshga to'ldi, yaqindagina jarohatini tuzatgan futbolchi barchasini bir o'zi qila olmaydi. Tom Kleverli o'z imkoniyatlaridan past darajada o'ynamoqda. Fil Jons himoyada ko'proq kerak. Andersonning klubda ekanini ko'pchilik yodidan chiqarib ham yubordi. Og'ir kasallikdan tuzalgan Darren Fletchyerdan mo'jiza kutish g'alati. Shu bois "MYU" bosslari yozni kutib o'tirmay Errerani hozirni o'zida sotib olishsa yaxshi bo'larmidi?
Yann M’VILA (23 yosh, yarim himoyachi, "Rubin")
Taxminiy transfer narxi – 10 million funt
Agar Errerani sotib olishni imkoni bo'lmasa barchaga tanish fransiyalik futbolchi "Yunayted"ga as qotishi mumkin. Ha, M’Vila familiyasi "Liverpul" bilan bog'lanayotgandi, u hatto dekabr oyi boshida "Everton"ga qarshi derbiga ham kelgandi, ammo nima uchun urinib ko'rmaslik kerak?
To'g'ri bu futbolchi u qadar mashxur emas, bu yil uni jarohatlar ham qiynab qo'ymoqda. Ammo M’Vilaning qobiliyatli ekaniga shubha yo'q. U o'zining imkoniyatlari bilan jahonning eng kuchli tayanch yarim himoyachilaridan biriga aylana oladi. Fransiyalik futbolchi qiyin damlarni boshdan kechirayotgan "Rubin"da qolishni istamasa kerak.
Ivan RAKITICH (25 yosh, yarim himoyachi, "Sevilya")
Taxminiy transfer narxi – 12 million funt
"MYU"da muammolar faqat markazda emas hujumlarni tashkil etishda ham bor. O'z vaqtida Aleks Fergyuson buni tushunib "Inter"dan Uesli Snayderni sotib olmoqchi bo'lgandi. Ueyn Runi bir vaqtning o'zida yarim himoyada ham, hujumda ham o'ynay olmaydi. "Yunayted"ning so'nggi vaqtlardagi barcha hujumlari bir xil chiqmoqda: Antonio Valensii qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatadi, u yerda esa kimdir to'p kiritishga urinadi.
Rakitich esa "Yunayted"ning o'yiniga o'zgacha ruh va nostandart harakatlar qo'shishi mumkin. Xorvatiyalik futbolchini "Sevilya"da sevishadi, ammo uning saviyasi Andalusiya klubidan o'sib kyetib bo'ldi.
Muhammad SALOH (21 yosh, hujumchi, "Bazel")
Taxminiy narx – 15 million funt
"MYU" hujumni ham kuchaytirib olsa yomon bo'lmasdi. Robin van Persi davolanmoqda, yozda klubdan ketishi ham mumkin. Runi, esa yuqorida yozilganidek barchasiga ulgura olmaydi. Denni Uelbek va Xaver Ernandes bilan mavsumni o'tkazib bo'lmaydi.
Shu bois nima uchun Salohga e'tibor qaratmaslik kerak? Misrlik futbolchi o'tgan mavsumda Yevropa Ligasi doirasidagi "Tottenxem" va "Chelsi"ga qarshi o'yinlarda o'zini yorqin namoyish eta olgandi, uni ko'pchilik o'tgan yozdayoq Angliyada kutgandi. Ammo futbolchi "Bazel"da qoldi va bu safar Chempionlar ligasida o'zini ko'rsata oldi. Tezkor va texnikasi kuchli, Saloh "MYU"ning hujumdagi o'yiniga o'zgacha yaratuvchanlik olib kelishi mumkin. Ayniqsa u britan klublariga qarshi qanday o'ynashni biladi.
Esekiel GARAY (27 yosh, himoyachi, "Benfika")
Taxminiy transfer narxi – 16,5 million funt
Yaxshi markaziy himoyachilar hech qachon ortiqchalik qilmaydi ayniqsa hozirgi "MYU"ga. Rio Ferdinandning faoliyati yakunlanib bormoqda, Nemanya Vidich ham qarimoqda, Jonni Evans, Kris Smolling va Jons bilan birga uzoqqa borib bo'lmaydi. Ularga kuchli va stabil bo'lgan sherik kerak.
Xuddi Garayga o'xshagan. Argentinalik futbolchi jismoniy tomonlama kuchli, o'yinni yaxshi uqiy oladi, birinchi pasni juda yaxshi bera oladi. Albatta bazida u xatolarga yo'l qo'yadi, ammo yillar o'tgani sari bu o'z joyiga tushib ketishi kerak.
Garay yozdayoq "MYU"da paydo bo'lishi mumkin edi, ammo o'sha vaqtda shaxsan Moyesning o'zi bu transfyerdan voz kechgandi. Bu qaror xato bo'lganga o'xshaydi. Biroq xatoni to'g'rilash uchun yanvar oyida vaqt bor.
Narzulla Saydullaev tarjimasi.