"Manchester Yunayted" safarda irodali g'alabaga erishdi

26 dek 2013, 19:19
Angliya Premer-ligasi 18-turi doirasidagi "Xall Siti" - "Manchester Yunayted" o'rtasidagi o'zaro o'yin hozirgina o'z nihoyasiga etdi.
Angliya Premer-ligasi 18-turi doirasidagi "Xall Siti"  - "Manchester Yunayted" o'rtasidagi o'zaro o'yin hozirgina o'z nihoyasiga etdi.

O'iyn davomida 0:2 hisobida ortda boragan Devid Moyes shogirdlari, oxir-oqibat uchrashuvni g'alaba bilan yakunlashga erisha oldi.

O'yinning lik daqiqalaridanoq oldinga tashlangan "Xall Siti" ikkita tezkor gol urishga muvoffaq bo'ldi. Biroq ko'p o'tmay shundoq ham o'yin borasida ustunlikni o'zida saqlab turgan "Man Yunayted" hisobda ham muvozanat o'rnatdi.

Tanaffusga jamoalar 2:2 hisobidagi durang bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'lim nisbatan teng kurashlar ostida kechdi. Chesterning avtogoli evaziga "Yunayted" uch ochkoni qo'lga kiritib ketdi.

APL. 18-tur

"Xall Siti"  - "Manchester Yunayted" 2:3

Gollar: Chester (4), Evans (avtogol - 13) - Cmolling (19), Runi (25), Chester (avtogol - 66)

"Xall": Makgregor (Xarper - 45), Bryus, Kert. Devis, Chester, Figeroa (Boyd), Xaddlstoun, Meyler (Koren - 45), Livermor, Al-Muxammadi, Sagbo, Grem.

"Manchester Yunayted": De Xea, Rafael (Yanuzay - 17), Smolling, Evans, Evra, Valensiya, Kleverli, Fletcher (Ernandes - 62), Yang (Kerrik - 77), Runi, Uelbek.

Ogohlantirishlar: Figeroa (19), Yanuzay (34), Valensiya (61), Bryus (72), Runi (73).


Manba: championat.asia