Manchester Yunayted Kagavani transferga qo'yishi mumkin

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2014, 08:27
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Sindzi Kagava klubni tark etishi mumkin.
25 yoshli yaponiyalik futbolchining Old Trafforddagi kelajagi so'roq ostida. Lui van Galning fikricha jamoada hujumkor yarim himoyachilar juda ko'p, deb xabar bermoqda The Independent.

Bundan tashqari dastlabki ikki o'yinda Kagava o'zini umuman ko'rsata olmadi.

Futbolchiga uning sobiq klubi Dortmundning Borussiya klubi qiziqmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru