
Eslatib o'tamiz, futbolchi bir yil oldin “Everton”dan 34,5 million evroga sotib olingan edi, ammo Fellaini o'z darajasida o'ynay olmadi. Yangi murabbiy Lui van Gal belgiyalik futbolchini o'z tarkibiga kiritmoqchi emasligini va uni transferga qo'yishni klub rahbariyatidan so'radi. 26 yoshli futbolchi uchun inlizlar 32 million evro so'rashmoqda.