Manchester Yunayted Beyl va Fabregas uchun 100 mln funt sarflamoqchi

21 iyul 2013, 12:45
"Manchester Yunayted" hali ham "Tottenxem" yarim himoyachisi Garet Beyl va "Barselona" a'zosi Sesk Fabregasni tarkibiga qo'shib olish fikridan qaytganicha yo'q.
"Qizil iblislar" 24 yoshli uelslik va 26 yoshli ispan yarim himoyachisi uchun umumiy miqdorda 100 million funt sarf etishga tayyor. Bu haqida The Times xabar  bermoqda.

Agar kelishuvlar amalga oshadigan bo'lsa "MYU" o'zining transfer rekordini yangilaydi. Shu kunga qadar klub amalga oshirgan eng qimmat transfer bu Berbatovning "Tottenxem"dan "Old trafford"ga kelishi bo'lgan. O'shanda "Yunayted" futbolchi uchun 30 million funt to'lagan edi.


Manba: sports.ru