"Manchester Siti"ga "Bavariya" futbolchisi kerak

Tolibjon Qosimov
10 avg 2024
"Bavariya" vingeri Kingsli Koman APLga yo'l olishi mumkin.

Bu haqda "Bild" nashri xabar berdi. 28 yoshli futbolchiga "Manchester Siti" davogarlik qilmoqda. Myunxenliklar maoshlar balansini meyorga keltirib olish uchun Koman bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Kingsliga "Barselona" va PSJ ham qiziqish bildirgan.

Koman o'tgan mavsum "Bavariya"da 27ta o'yin o'tkazdi va 5ta gol urib, 3ta assist qayd etdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Bild