"Manchester Siti"da "Vest Xem"ga qarshi o'yin oldidan jiddiy yo'qotish bor

Alisher
7 fev 2020, 13:21
"Manchester Siti" APL 26-turi doirasida "Vest Xem"ni o'z uyida qabul qiladi.

Mezbonlarga bu o'yinda jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri Rahim Sterling yordam bera olmaydi. Bu haqda "shaharliklar" rasmiy sahifalari ham xabar tarqatmoqda.

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi "Tottenxem" (0:2)ga qarshi o'yinda chap tizzasini shikastlab olgan edi.

25 yoshli Sterling joriy mavsum APLda 23ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ManCity