
"Shaharliklar" 43 mln. funt evaziga "Monako" yarim himoyachisi Bernardu Silvani xarid qilishga ulgurishdi.
"Manchester Siti" yozda yangi futbolchilar uchun 300 mln. funt sarflashni rejalashtirmoqda. Ingliz klubi xarid qilishi mumkin bo'lganlar ro'yxatiga Kayl Uolker ("Tottenxem"), Benjamen Mendi ("Monako"), Emerik Laport ("Atletik") va Markinos (PSJ) kiradi.