Manchester Siti yozda 100 million evrolik himoyachi sotib olmoqchi

Khoja
3 apr 2025, 08:58
Manchester Siti yozda markaziy himoyachi sotib olmoqchi.

Shaharliklar Arsenalning asosiy himoyachisi Vilyam Saliba bilan shartnoma imzolamoqchi. Manchesterliklar ustozi Pep Gvardiola Fransiyalik himoyachini o'z jamoasida ko'rishni istamoqda. Saliba uchun kurashda Real Madrid ham jiddiy harakat qilmoqda. Shuningdek, Arsenalning o'zi ham asosiy himoyachisi bilan xayrlashish niyatida emas. Himoyachini 100 million evroga baholashmoqda.

Saliba Arsenal safida joriy mavsum barcha musobaqalarda 39 o'yin o'tkazib, 2 gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com