"Manchester Siti" Xosep Gvardiolaga 5 yillik shartnoma taklif qiladi

Alisher
20 may 2019, 14:58
"Shaharliklar" bosh murabbiy Xosep Gvardiolaga yangi shartnoma taklif qilishmoqchi.

"Manchester Siti" rahbarlari mutaxassisning yillik maoshini 15 million funtdan 20 million funtgacha oshirishmoqchi. Shartnoma 5 yilga mo'ljallangan bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum "Manchester Siti" ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida Angliya Kubogi, Liga Kubogi va APL chempionligini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun