"Manchester Siti" Xolandga o'rinbosar topdi

Khoja
12 okt 2024, 10:07
"Manchester Siti" rahbariyati jamoa to'purari Erling Xoland jamoadan ketsa, kimni olib kelishini aniqlab oldi.

"Shaharlik"lar "Sporting" hujumchisi Viktor Dyokereshni sotib olishni maqsad qilgan. 26 yoshli futbolchining transfer narxi tahminan 100 million evroga baholanmoqda. 

Ma'lumot uchun, Viktor Dyokereshning "Sporting" bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozida yakunlanadi. Hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 12 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com