"Manchester Siti" vs "Liverpul". Qaysi klubning qo'li ko'proq baland kelgan?

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2019, 16:15
Bugun, 4 yanvarga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da Angliya Premer-ligasining 21-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" hamda "Liverpul" o'rtasidagi bahs o'tkaziladi.

Ayni damda bu ikki jamoa turnir jadvalida kuchli uchlikda.

"Manchester Siti" hamda "Liverpul" APL doirasida 43 marta to'qnash kelishgan. Ushbu bahslarning 19tasida "qizillar" g'alabasi bilan yakunlangan. "Manchester Siti" esa... Bu haqida pastroqdagi statistikada bilib olasiz.

"Manchester Siti" vs "Liverpul" (APL doirasida)
"Manchester Siti"Statistika"Liverpul"
43Umumiy bahslar soni43
8G'alaba19
16Durang16
19Mag'lubiyat8


Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi bahs 2018 yilning 7 oktyabr kuni bo'lib o'tgan.

8-tur

"Liverpul" – "Manchester Siti" 0:0
Enfild
Amalga oshirilmagan penalti: Maxrez 87 (noaniq)
"Liverpul": Alisson, Lovren, Robertson, Gomes, van Deyk, Milner (Keyta, 29), Xenderson, Veynaldum, Mane, Salax, Firmino (Starrij, 72).
"Manchester Siti": Ederson, Stounz, Mendi, Uoker, Laport, Silva, Fernandino, Marez, Bernardu Silva, Sterling (Sane, 76), Aguero (Gabriel Jezus, 66).
Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (21), Aguero (56), Mendi (64), Veynaldum (90).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: premierleague.com