APLning ikki klubi Chuamenini kuzatmoqda

Alisher
14 apr 2022, 17:01
"Manchester Siti" "Liverpul" bilan "Monako" yarim himoyachisi Orelen Chuameni uchun da'vogarlik qilmoqda.

"Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozda klubdan ketadigan Fernandinoga o'rinbosar izlashni boshlab yubordi.

22 yoshli Chuameni joriy mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Futbolchining "Monako" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Insider