"Manchester Siti" Ukraina terma jamoasi himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
19 may 2025, 16:03
"Bornmut" himoyachisi Ilya Zabarniy faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.

"Shaharliklar" ukrainalik futbolchini shu yozda qo'lga kiritish variantini ko'rib chiqmoqda. Ushbu transfer "Manchester Siti"ga 50 mln funtga tushishi mumkin.

22 yoshli himoyachi joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 34 o'yin o'tkazib, 4 ta sariq kartochka oldi va 1 marta maydondan chetlatildi.

Angliya Premer-ligasi jadvalida "Manchester Siti" oltinchi, "Bornmut" esa 11-o'rinda ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/deadlinedaylive