"Manchester Siti" top-8 chempionatlar ichida eng ko'p daromad ko'rgan klub bo'ldi

Administrator
13 yanv 2023, 23:50
Shaharliklar daromad ko'rish borasida tengsiz.

KPMG auditorlik kompaniyasining Football Benchmark nomli bo'linmasi Yevropa klublarining 2021-2022 yilgi moliyaviy hisobotlarini e'lon qildi. Unga ko'ra "Manchester Siti" klubining tushumi 731 mln evro bilan eng yuqori natijani ko'rsatgan. Ikkinchi o'rinda "Real Madrid" (714 mln evro), keyingi o'rinda esa PSJ (670 mln evro) klubi qayd etilgan.

Ushbu summa o'z ichiga uch xil tushumni olgan: savdo, translyatsiya va o'yinlarni o'tkizishdan kelgan mablag'lar. 

To'liq ro'yxat quyidagicha:

1. "Manchester Siti" (731 mln evro)

2. "Real" (714)

3. PSJ (670)

4. "Bavariya" (627)

5. "Milan" (269)

6. "Ayaks" (189)

7. "Portu" (144)

8. "Trabzonspor" (59)

PSJ klubi o'tgan mavsumda 728 mln evroni maoshlarga sarflab, futbol tarixidagi eng katta natijani qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Football Benchmark